Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlarini buzgan mas’ullarga nisbatan choralar ko‘rildi
03 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devoni tomonidan Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yurituvchi bir guruh xodimlarning ish haqi to‘liq to‘lanmagani bo‘yicha murojaati o‘rganib chiqildi.
Ayrim ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarga munosabat
02 May
2025-yil 1-may kuni baʼzi ommaviy axborot vositalarida Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish koloniyalariga amalga oshirgan monitoring tashriflarida mahkumlar bilan uchrashilmaganligi haqida xabar tarqaldi. Ushbu xabar jamoatchilikni chalg‘ituvchi va noto‘g‘ri axborotlarga asoslangan.
Sirdaryodagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
01 May
2025-yilning 30-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mas’ullari Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahridagi 8-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida mahkum va mahbuslarga yaratilgan sharoitlar, jumladan, oshxona, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tibbiy xizmatdan foydalanish holatlari hamda xo‘jalik ishlariga jalb etilgan mahkumlarning mehnat sharoitlari o‘rganildi.
Yopiq muassasalarga o‘tkazilgan Ombudsman monitoring tashriflarida qanday kamchiliklar aniqlandi?  
01 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tgan hafta davomida Samarqand, Jizzax, Andijon, Namangan, Xorazm va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan majburiy davolash hamda qator penetensiar muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Jizzaxdagi mahbus sog‘lig‘i yuzasidan tarqalgan xabar o‘rganildi - Ombudsman
01 May
Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxda yana bir fojeami? Navbatdagi o‘lik chiqmasin, janob vazir!” sarlavhasi ostidagi xabar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) nazorati ostida o‘rganildi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida, Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili Jizzax shahar IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga hamda Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasiga bordi. Xabarda qayd etilgan O.Sh. bilan uchrashib, uning sog‘ligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
Ombudsman aralashuvidan so‘ng, sug‘urta kompaniyasi fuqaroga sug‘urta tovonini to‘lashga majbur bo‘ldi
01 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro A.O. sug‘urta tashkiloti mansabdor shaxslarining harakatsizligi bo‘yicha shikoyat qildi.
Sirdaryodagi Muruvvat uyida saqlanayotgan ayollar sharoiti o‘rganildi
30 Apr
2025-yilning 30-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida Yangiyer shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar uchun internat uyiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ushbu muassasada yashayotgan ayollarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish bilan birga ularni holidan xabar olish, ko‘nglini ko‘tarish,  doim davlat himoyasi va eʼtiborida ekanliklarini his qilishiga hissa qo‘shishdan iborat.
Yangiyerda qanday masalalar ko‘tarildi?
30 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (ombudsman) xalq va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida «Ombudsman maktabi» tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.  
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaat qilishdi?
30 Apr
Joriy yilning 30-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.