TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lsa, o‘tgan chorak asrdan ortiq muddat davomida Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili sifatida jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelmoqdaman.
Keyingi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan shaffof siyosiy boshqaruv tizimining samarasi demokratik institutlar faoliyatida yaqqol namoyon bo‘la boshladi.
Har bir davlat o‘z tajribasidan kelib chiqib, yillar davomida inson huquq va manfaatlarining taʼminlanishiga xarakat kiladi mazkur yo‘nalishda o‘z strategiyasini ishlab chiqadi, uni amalga oshiradi. O‘zbekistonda qariyb 26 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Ombudsman instituti ham chorak asr davomida tajriba to‘pladi, tegishli qonunchilik asoslari mustahkamlandi, vakolatlari kengaydi va bu jarayon hozirda ham davom etmoqda. Xususan, Davlat rahbarining joriy yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Farmoni ham mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini taʼminlash yo‘lidagi muhim tarixiy qadam bo‘ldi.
Mamlakatimiz tarixida “Yangi O‘zbekiston” nomli sahifani ochib bergan tarixiy hujjat bu 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bo‘ldi. Beshta yo‘nalishni qamrab olgan mazkur hujjat beshta Davlat dasturlari orqali amalga oshirib kelinmoqda. Buning ahamiyatli tomoni shundaki, 2017 yilgi Davlat dasturi aynan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yangi talab va mexanizmlar joriy etildi.
Shu kunlarda dunyo hamjamiyatining diqqat eʼtibori O‘zbekistonga qaratilgan. Chunki mamlakatda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi kompaniyasiga start berildi. Mamlakatning keyingi besh yillik taqdiri aynan ushbu siyosiy voqea bilan chambarchas bog‘liq. Unda saylash huquqiga ega bo‘lgan barcha saylovchilar nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan tanishgan holda hech bir taʼsir va tazyiqlarsiz o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berishi lozim.