TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman so‘zining tarixi

Ombudsman so‘zi - bugun rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda «inson huquqlarini himoya qiluvchi» sifatida tushuniladi. Bu so‘z shved tilidan olingan bo‘lib “vakil” degan maʼnoni anglatadi. U eng avval shved qiroli huzurida faoliyat yuritgan. Keyinchalik parlament shakllangandan so‘ng 1809 yildan Parlament huzuriga ko‘chgan.

Agar tarixni yaxshilab o‘rganadigan bo‘lsak, shved qiroli ushbu tajribani islom davlatlarda faoliyat yuritgan muhtasiblar ishidan o‘rganganiga guvoh bo‘lasiz. Muhtasiblar islom dini va shariat ahkomlari asosida faoliyat yuritib, nazorat funksiyasini bajarishgan.

XVII asrlarda shved qirolligiga hujum uyushtirilganda qirol hozirgi Turkiya hududlariga qochib o‘tishga majbur bo‘ladi. Qochqinda turk sultoni himoyasida mamlakatdagi fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi, o‘rnatilgan tartiblarni nazorat qiluvchi insonlarni kuzatadi. Keyinchalik o‘z vataniga qaytib, mana shu tizimni o‘z davlatida “Ombudsman” nomi bilan joriy etadi va bu Yevropada ham ommalashadi.

Masalan, ispan elchisi Klavixoning Amir Temur huzuriga tashrifi to‘g‘risidagi kundaligida yozilishicha, Temur topshiriq berganda o‘z vaqtida bajarmagan rahbarlar va ularning bu kamchiligi haqida axborot beruvchi shaxslar bo‘lgan. Shuningdek, fuqaro murojaatlari bilan ishlamagan aynan ana shunday rahbarlarning shaxsan Amir Temur tomonidan ko‘pchilik ichida jazolangani Klavixo tomonidan kichik epizod sifatida qayd etilgan. Mana shu misolda ham ko‘rishimiz mumkinki, Amir Temur inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan qatʼiy bo‘lgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) instituti 1995 yilda tashkil etilgan. Ushbu institut MDH hududida birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda taʼsis etilgan.

O‘zbekistonda Ombudsman institutining tashkil etilishi

Oliy Majlisning Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) instituti 1995 yilda tashkil etilgan. Ushbu institut MDH hududida birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda taʼsis etilgan.

Rashidova Sayyora Sharafovna

Rashidova Sayyora Sharafovna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) 1995-2015 yy.

Muxammadiyev Ulug‘bek  Nasriddinovich

Muxammadiyev Ulug‘bek Nasriddinovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) 2015-2021 yy.

Eshmatova    Feruza     Farxodovna

Eshmatova Feruza Farxodovna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 aprelda bo‘lib o‘tgan sakkizinchi sessiyasida "Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Shu kunga qadar ushbu hujjat Ombudsman vazifalari va vakolatlarini kengaytirish zaruriyati nuqtai nazaridan takomillashtirilib, yangi tahrirda qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobdor.

 Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

Vakil faoliyatining asosiy printsiplari:
Qonuniylik
Qonuniylik
Adolatparvarlik
Adolatparvarlik
Demokratizm
Demokratizm
Insonparvarlik
Insonparvarlik
Oshkoralik
Oshkoralik
Har bir inson uchun ochiqlik
Har bir inson uchun ochiqlik
Shikoyatlarni ko'rib chiqishda vakilning huquqlari:
Xalqaro hamkorlik

Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish Vakil faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu faoliyat BMT va YEXHT xalqaro shartnomalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi maʼruzalarini tayyorlashda ishtirok etish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda aʼzolik doirasida, xorijiy Ombudsmanlar bilan ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish, xalqaro forumlar, chet yel delegatsiyalarini qabul qilishda ishtirok yetish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkasblar murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali amalga oshirilgan.

Vakil Xalqaro ombudsman instituti, Yevropa ombudsman instituti va Osiyo ombudsmanlar assotsiatsiyasi aʼzosi bo‘lib hisoblanadi.

Vakil tomonidan xorijiy ombudsmanlari bilan xamkorlik to‘g‘risida 10 dan ortiq Bitimlar imzolangan bo‘lib, Shvetsiya, Ispaniya, Portugaliya, Polsha, Janubiy Koreya, Slovakiya, Bolgariya, Latviya, Rossiya, Yaponiya, Tailand, Fransiya va Ozarbayjon shular jumlasidandir.

Ombudsman instituti xalqaro maydonda “B” maqomga ega
Milliy inson huquqlarini himoya qilish muassasalarining Global alyansi (MIHHQMGA) 1993 yildan buyon jahondagi majvud Ombudsman institutlari salohiyatini baholash bo‘yicha faoliyat yuritadi

Milliy inson huquqlarini himoya qilish muassasalarining Global alyansi (MIHHQMGA) 1993 yildan buyon jahondagi majvud Ombudsman institutlari salohiyatini baholash bo‘yicha faoliyat yuritadi

Qayd etish lozimki, 2020 yilda Global alyans tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) faoliyatining Parij prinsiplariga muvofiqligi bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazildi va unga “B” maqomi berildi.

Qayd etish lozimki, 2020 yilda Global alyans tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) faoliyatining Parij prinsiplariga muvofiqligi bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazildi va unga “B” maqomi berildi.