Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yopiq muassasalarga o‘tkazilgan Ombudsman monitoring tashriflarida qanday kamchiliklar aniqlandi?  
01 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tgan hafta davomida Samarqand, Jizzax, Andijon, Namangan, Xorazm va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan majburiy davolash hamda qator penetensiar muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Jizzaxdagi mahbus sog‘lig‘i yuzasidan tarqalgan xabar o‘rganildi - Ombudsman
01 May
Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxda yana bir fojeami? Navbatdagi o‘lik chiqmasin, janob vazir!” sarlavhasi ostidagi xabar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) nazorati ostida o‘rganildi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida, Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili Jizzax shahar IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga hamda Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasiga bordi. Xabarda qayd etilgan O.Sh. bilan uchrashib, uning sog‘ligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
Ombudsman aralashuvidan so‘ng, sug‘urta kompaniyasi fuqaroga sug‘urta tovonini to‘lashga majbur bo‘ldi
01 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro A.O. sug‘urta tashkiloti mansabdor shaxslarining harakatsizligi bo‘yicha shikoyat qildi.
Yangiyerda qanday masalalar ko‘tarildi?
30 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (ombudsman) xalq va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida «Ombudsman maktabi» tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.  
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaat qilishdi?
30 Apr
Joriy yilning 30-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng fuqaro mulkiga qo‘yilgan taʼqiqlar yechildi
30 Apr
Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi fuqaro N.I. tomonidan 2024-yilda elektron onlayn-auksion orqali xarid qilingan bir nechta yer uchastkalari hozirgi kunga qadar uning nomiga rasmiylashtirilmagani sababli, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qildi.
Fuqaroning buzilgan mulk huquqi tiklandi
29 Apr
Xorazm viloyati, Xiva shahrida yashovchi fuqaro A.S.ga tegishli bo‘lgan yer maydoni 2017-yilda Xiva shahar hokimligining qaroriga asosan davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, unda joylashgan obyektlar buzilgan. Biroq yetkazilgan moddiy zarar qoplanmagani sababli fuqaro A.S. sudga murojaat qilgan.
Maktablarda o‘tkazilayotgan  
28 Apr
Xabaringiz bor, 2023-yildan buyon Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab “Ombudsman soati” loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu darslar noan’anaviy, kreativ, qiziqarli o‘tkazilishi uchun Ombudsman tomonidan videodarslar tayyorlangan. 
Navoiydagi muruvvat uyi va jazoni ijro etish koloniyalaridagi sharoitlar o‘rganildi
26 Apr
2025-yilning 26-aprel kuni Ombudsman boshchiligida uning huzuridagi Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha MPM doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhlari a’zolari dastlab, Nurota “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirishdi. Unda shuningdek, Oliy Majlis Senati a’zosi, tuman va viloyat kengashi deputatlari va OAV vakillari ham ishtirok etishdi.