Murojaatni o‘rganish jarayonida Aniqlanishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 2022 yil 29 noyabr kungi hal qiluv qaroriga ko‘ra, Xiva shahar hokimligi A.S. foydasiga 631 million so‘mdan ortiq kompensatsiya puli to‘lash majburiyati yuklatilgan. Ammo faqat 242 million so‘m atrofidagi summasi undirilgan bo‘lib, qolgan 388 million so‘m undirilmay qolgan.
Fuqaroning mazkur masala yuzasidan ko‘p joylarga qilgan murojaatlari ijobiy yechim topmaganidan so‘ng, Ombudsmanga murojaat qilgan. Murojaat Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganilib, to‘plangan dalillarga asoslangan holda MIB Xorazm viloyat boshqarmasiga Ombudsmanning taqdimnomasi kiritildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida, Xiva shahar hokimligidan fuqaro A.S. foydasiga undirilmay kelinayotgan kompensatsiyaning qolgan qismini undirilishiga erishildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati