2025-yilning 26-aprel kuni Ombudsman boshchiligida uning huzuridagi Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha MPM doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhlari a’zolari dastlab, Nurota “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirishdi. Unda shuningdek, Oliy Majlis Senati a’zosi, tuman va viloyat kengashi deputatlari va OAV vakillari ham ishtirok etishdi.