Fuqaro murojaatida auksion bayonnomalari rasmiylashtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, Payariq tumani MIB tomonidan har bir yer uchastkasiga o‘ntadan ortiq taqiq qo‘yilgani, shu sababli yer uchastkalari uning nomiga rasmiylashtirilmayotgani bildirgan.
Shuningdek, u ushbu masala bo‘yicha mas`ul idora va tashkilotlarga bir necha marotaba murojaat qilganini, ammo muammo hal etilmaganini maʼlum qilgan.
Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, uning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida Aniqlanishicha, Payariq tumani MIB tomonidan yer uchastkalarini rasmiylashtirishga qo‘yilgan taqiqlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-aprelda qabul qilingan “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablariga zid bo‘lgan.
Tegishli choralar ko‘rilishi natijasida Payariq tumani MIB tomonidan yer uchastkalarini rasmiylashtirishga qo‘yilgan barcha taʼqiqlar bekor qilindi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati