Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaat qilishdi?
Joriy yilning 30-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabulda 30 dan ortiq fuqarolar uy-joy, pensiya, kredit olish shartlarini yengillashtirish, shartnomaviy majburiyatlarni bajarish, firibgarlik, toza-atrof muhit, mulk huquqlariga doir, bandlik, jazoni yengillashtirish, sud-huquq va tergov jarayonlariga oid masalalarda murojaatlarini qoldirishdi.

Ushbu murojaatlarning ba’zilariga huquqiy tushuntirishlar berildi, vakolatga doirlari esa nazoratga olinib, o‘rganishga kirishildi. Fuqarolar muammolarini har tomonlama o‘rganish zarur bo‘lgan hollarda mutaxassislar va tegishli tashkilotlar vakillari ham jalb qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Vakilga ombudsman.uz sayti, 1096 ishonch telefoni, ombudsman.uz mobil ilovasi orqali elektron hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsman idorasiga va hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati