O‘zaro muloqot platformasiga aylangan «Ombudsman maktabi» tadbirlari doirasida fuqarolar qabuli ham tashkil etilib, ular murojaatlari qabul qilinmoqda. Muhimi, aholiga ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlari vakillariga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri, shu vaqtning o‘zida murojaat qilish imkoniyati yaratilmoqda.
2025-yilning 30-aprel kuni navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri Sirdaryo viloyatining Yangiyer tumanida o‘tkazildi. Unda “Shukrona”, “Fazilat”, “Yuksalish” mahallalarida yashovchi fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar tegishli davlat idoralari vakillari bilan birgalikda muhokama etildi, murojaatlari nazoratga olindi.
Yangiyer shahrida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer va undagi binolarga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish, tashkilotlar va idoralarda mehnat muhofazasini taʼminlash va yo‘llarda harakat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilishiga kelishib olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati