TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Tag: IIV
Ombudsman: Sobiq IIV xodimasi 8 yildan so`ng lavozimiga tiklandi
Xurshida Djalilova 2020 yilning avgust oyida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha Vakili (ombudsman)ga murojaat qilib, nohaq ishdan bo`shatilganini bildirgan edi.
Ombudsman Buxoro viloyatida bo‘lib, inson huquqlarining taʼminlanish holatini o‘rgandi
Davlat rahbarining Oliy Majlisga murojaatnomasida Ombudsman zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, qolaversa hududlardagi inson huquqlarini taʼminlanishi holatini o‘rganish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)  boshchiligidagi ekspert guruhi joriy yilning 25-27 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzurida qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlarini tashkil etish, ushbu guruhlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng va muntazam yoritish vazifasi yuklatilgan.
Ombudsman boshchiligidagi navbatdagi monitoring 22-sonli jazoni ijro etish muassasasiga amalga oshirildi
Joriy yilning 5 may kuni Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarining oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat yurituvchi jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘lgan Ekspert guruhi tomonidan navbatdagi monitoring tashrifi Toshkent viloyatidagi 22-sonli jazoni jazoni ijro etish koloniyasiga amalga oshirildi.