Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
2025-yilning 30-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mas’ullari Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahridagi 8-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida mahkum va mahbuslarga yaratilgan sharoitlar, jumladan, oshxona, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tibbiy xizmatdan foydalanish holatlari hamda xo‘jalik ishlariga jalb etilgan mahkumlarning mehnat sharoitlari o‘rganildi.

Ushbu hibsxonada 28 nafar mahkum xo‘jalik ishlariga biriktirilib, jazo muddatlarini o‘tashmoqda. Yangi binoga ko‘chirilishi rejalashtirilgan ushbu hibsxonada mahkumlarning parrandachilik, quyonchilik, gulchilik, etikdo‘zlik, santexnika va ingliz va rus tillarini o‘rganishlariga sharoit yaratilgan.

Bundan tashqari, tergov hibsxonada 7 nafar voyaga yetmagan mahbus uchun ta’lim olish imkoniyat yaratilganligi holatlari o‘rganildi. Haftada 2 kun o‘qituvchilar belgilangan dastur asosida ularga dars berib kelmoqda.

Monitoring tashrifi davomida mahbuslar bilan yakka tartibda va jamoaviy suhbatlashilib, ularning murojaatlari qabul qilindi.

Tashrifning keyingi manzili Yangiyer shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi bo‘ldi. Qayd etish lozimki, ushbu hibsxonada Ombudsman taqdimnomasiga ko‘ra, 2024-yilda sun’iy shamollatish tizimi (ventilyasiya) o‘rnatilgan va cho‘milish xonalari tashkil etilgan hamda kameralar kerakli jihozlar va radioeshittirish vositalari bilan jihozlangan.

Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman ta’sir choralari shakldagi hujjatlar kiritilishi ta’minlanadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati