Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodagi Muruvvat uyida saqlanayotgan ayollar sharoiti o‘rganildi
2025-yilning 30-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida Yangiyer shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar uchun internat uyiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ushbu muassasada yashayotgan ayollarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish bilan birga ularni holidan xabar olish, ko‘nglini ko‘tarish,  doim davlat himoyasi va eʼtiborida ekanliklarini his qilishiga hissa qo‘shishdan iborat.

Taʼkidlash joizki, 1994-yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Muruvvat” uyi qaramog‘ida ayni paytda 162 nafar turli yoshdagi ayollar statsionar davolanishadi. Tarbiyalanuvchilar bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklarda rasm chizish, qo‘l mehnati hamda sport bilan shug‘ullanib kelishadi.

Tashrif davomida internat uyida yashovchi nogironligi bo‘lgan ayollarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish va boshqa sharoitlari o‘rganildi. Shuningdek, kutubxona, tikuv, to‘qish xonasi, sport zallari ham ko‘zdan kechirildi.

Tadbir doirasida “Muruvvat” internat uyida yashayotganlar uchun turli sovg‘alar topshirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati