Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng fuqaro mulkiga qo‘yilgan taʼqiqlar yechildi
30 Apr
Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi fuqaro N.I. tomonidan 2024-yilda elektron onlayn-auksion orqali xarid qilingan bir nechta yer uchastkalari hozirgi kunga qadar uning nomiga rasmiylashtirilmagani sababli, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qildi.
Fuqaroning buzilgan mulk huquqi tiklandi
29 Apr
Xorazm viloyati, Xiva shahrida yashovchi fuqaro A.S.ga tegishli bo‘lgan yer maydoni 2017-yilda Xiva shahar hokimligining qaroriga asosan davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, unda joylashgan obyektlar buzilgan. Biroq yetkazilgan moddiy zarar qoplanmagani sababli fuqaro A.S. sudga murojaat qilgan.
Maktablarda o‘tkazilayotgan  
28 Apr
Xabaringiz bor, 2023-yildan buyon Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab “Ombudsman soati” loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu darslar noan’anaviy, kreativ, qiziqarli o‘tkazilishi uchun Ombudsman tomonidan videodarslar tayyorlangan. 
Navoiydagi muruvvat uyi va jazoni ijro etish koloniyalaridagi sharoitlar o‘rganildi
26 Apr
2025-yilning 26-aprel kuni Ombudsman boshchiligida uning huzuridagi Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha MPM doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhlari a’zolari dastlab, Nurota “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirishdi. Unda shuningdek, Oliy Majlis Senati a’zosi, tuman va viloyat kengashi deputatlari va OAV vakillari ham ishtirok etishdi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Navoiyda fuqarolar qabuli, tibbiy ko‘rik va mehnat yarmarkasi tashkil etildi
25 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Navoiy viloyati Nurota tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 2025 yilning 25-aprel kuni o‘tkazilgan ushbu uchrashuv “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tashkil etildi. 
Tailand Ombudsmani bilan hamkorlik rivojlanmoqda
25 Apr
Joriy yilning 25-aprel kuni Tailand Ombudsmani instituti tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan onlayn tashkil etilgan “Jamiyatdagi adolatni mustahkamlashda Ombudsmanning o‘rni” mavzusidagi tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari B.Narimanov ishtirok etdi.
Ombudsman boshchiligida Navoiydagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
24 Apr
2025 yilning 24 aprel kuni Ombudsman boshchiligida uning huzuridagi Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha MPM doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhlari aʼzolari tomonidan Navoiydagi qator penitensiar muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Jarayonlarda OAV vakillari ham ishtirok etishdi.
Koson tumanidagi tibbiyot xodimlarining muammolari hal qilindi
24 Apr
Qashqadaryo viloyat Koson tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli laboratoriya xodimlari oxirgi ikki yil ichida o‘z mehnat huquqlari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan bir necha marotaba davlat idoralariga murojaat qilgan bo‘lsa-da, ularning muammolari mahalliy darajada yechimini topmagan.
Ombudsman tomonidan kiritilgan taʼsir chorasidan so‘ng Buxorodagi Muruvvat uyini taʼmirlash uchun 176 mln so‘m ajratildi
23 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan 2024 yil noyabr oyida Buxoro viloyatida joylashgan “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyiga amalga oshirilgan monitoring tashrifi chog‘ida muassasada qator kamchiliklar aniqlangan edi.