TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman hamda YEXHT O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2020 yil 11 dekabr kuni YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida ombudsman institutining 25 yilligiga bag'ishlangan "Ombudsman faoliyatini raqamlashtirish: inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishning innovatsion mexanizmlari" mavzusida aralash shakldagi anjuman bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman), BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining (BMT OHCHR) Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi, BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi, YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (YXHT / DIIHB), BMT Demokratiya jamg'armasi, BMT Taraqqiyot dasturi va Xalqaro Qmoqxonalar islohoti (PRI) nodavlat tashkiloti ko’magida tashkil etildi.

Yuqori darajadagi tadbir COVID-19 pandemiya davrida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish va pandemiya sharoitida huquq egalari jamoatchilik bilan o'zaro aloqalarni davom etish amaliyoti mavzusida YXHT mintaqasidagi va xalqaro ilg’or tajriba almashish uchun yaxshi zamin bo'ldi. Bundan tashqari, muayyan zaif guruhlar bilan ishlash, shuningdek, milliy inson huquqlari institutlari va fuqarolik jamiyati o'rtasidagi hamkorlik to'g'risida munozaralar bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Ombudsman instituti YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlik Memorandumini imzolashi marosimi anjuman doirasida tashkil etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati