Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiy viloyatidagi erkinligi cheklangan shaxslar saqlanayotgan muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
2024-yil 24-fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Navoiy maxsus prokurori va IIV huzuridagi JIED 5-MMM boshlig‘i hamrohligida Zarafshon shahrida joylashgan 12-sonli jazoni ijro etish koloniyasi, 36-sonli Manzil-koloniya hamda shahar IIB VSHga monitoring tashriflari amalga oshirildi. 

Tashrif davomida mahkumlar bilan suhbatlashildi, koloniyaning yotoq joylari, oshxona, kutubxona, davolash bo‘limi, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish hududidagi sharoitlar o‘rganildi.

O‘tgan yilning dekabr oyida viloyatda joylashgan jazoni ijro etish muassasalariga amalga oshirilgan monitoringlarda mahkumlarga xizmat ko‘rsatadigan binolar (tibbiy bo‘lim, yuvinish joylari, hojatxonalar)ga kirish joylari (panduslar), yo‘laklardagi notekisliklarni bartaraf etish, tutqich (perila)lar o‘rnatish bo‘yicha taqdimnoma kiritilib, ularni bartaraf etilganligi to‘g‘risida IIV JIED huzuridagi 5-mintaqa tomonidan joriy yilning 18-yanvar kuni yozma maʼlumot olingan edi.

Yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilganligi mintaqaviy vakil tomonidan 12-sonli JIEK hamda 36-sonli MK joyiga chiqib ko‘rildi.

Tashrif davomida 36-sonli MKda mahkumlar yuvinish joyidagi tizimda nosozlik mavjudligi tufayli issiq suv yo‘qligi aniqlandi. Mintaqaviy vakilning aralashuvi bilan kamchilik joyida bartaraf etildi va issiq suv taʼminoti tiklandi.

Monitoring tashrifida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ularni o‘z vaqtida bartaraf etilishini taʼminlash maqsadida Ombudsmanning mintaqaviy vakili tomonidan tegishli  tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari