Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xivadagi nogironligi bo‘lgan erkaklar “Muruvvat” internat uyidagi sharoitlari o‘rganildi
Joriy yilning 16-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili O.Ollayorov tashabbusi bilan Xiva “Muruvvat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasi hamda “Demokratiya va inson huquqlari instituti” vakillari ham ishtirok etishdi.

Monitoring o‘tkazilgan kunda 330 o‘ringa mo‘ljallangan internat uyida 325 nafar nogironligi bo‘lgan erkaklar joylashtirilgani maʼlum bo‘ldi. Aniqlanishicha, ushbu muassasadagi shaxslarga 223 nafar xodim xizmat ko‘rsatmoqda.

Dastlab, Xiva “Muruvvat” internat uyida yashovchi nogironligi bo‘lgan erkaklarning yashash, ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tibbiy xizmatdan foydalanish va boshqa sharoitlari o‘rganildi.

Shundan so‘ng, “Muruvvat” internat uyida davolanayotgan bemorlar bilan yakka tartibda suhbatlashildi hamda Navro‘z ayyomi munosabati bilan barcha vasiylikdagi shaxslarga bayram sovg‘alari topshirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari