Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Buxorodagi koloniyaga o‘rnatilgan “Ombudsman quti”laridagi murojaatlar o‘rganildi
2024-yilning 28-fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova 1-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoringda mahkumlarning yashash, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari o‘rganildi va “Ombudsman quti”lari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tashrif davomida koloniya oshxonasidagi sanitariya-gigiyena holati, ovqat tayyorlash jarayonlari hamda nonvoyxonada ishlayotgan mahkumlarning ishlash jarayonlari bilan tanishildi.

Shu bilan bir qatorda, koloniyada saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy tartibda suhbatlashildi. Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakiliga yakka tartibda murojaat qilish istagida bo‘lgan 3 nafar mahkum murojaatlari holi tarzda qabul qilindi.

Ombudsman mintaqaviy vakili tomonidan monitoring tashrifida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari