Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
MDH Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2023 yilning 29 noyabr kuni Minsk shahrida MDH Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Gibrid shaklida bo‘lib o‘tgan muhokamalarda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston hamda Hamdo‘stlik Bosh kotibi va MDH ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etishdi. Delegatsiya tarkibida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari M.Tillabayev ham qatnashdi.

Tadbirda so‘z olgan MDH Bosh kotibi S.Lebedev ushbu Komissiya hamdo‘stlik mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilishda muhim vosita bo‘lishiga umid bildirdi.

Yig‘ilishda Komissiyaning 2024-2025 yilgi ish rejasiga kiritilgan inson huquqlarini himoya qilishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Komissiya aʼzolari ushbu yo‘nalishda MDHga aʼzo davlatlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlashi taʼkidlandi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan bayonot qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati