Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Uy-joyga to‘lov qilib, ham uysiz ham pulsiz qolgan fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro R.P.  uy-joy sotib olish bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmagani bo‘yicha murojaat qildi.

Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, 3 yil avval Urganchdagi qurilish MCHJ bilan ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgan va 75 mln so‘m to‘lagan.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, quruvchi obyektni 2023 yil 6 yanvarga qadar egasiga topshirilishi kerak bo‘lgan uy hozirga qadar qurib bitkazilmagan. Fuqaro R.P. MCHJ direktoriga shartnomani bekor qilish va to‘lagan pullarini qaytarishini so‘rab bir necha marta murojaat qilishiga qaramay natija bo‘lmagan.

Ushbu murojaatga ilova qilingan hujjatlar o‘rganilib, MCHJ egasiga shartnoma shartlarining qo‘pol ravishda buzilgani va uning huquqiy oqibatlari hamda murojaatchining ijtimoiy himoya muhtoj ekanligi tushuntirildi.

Ish sudgacha yetib bormay murojaatchining quruvchiga to‘lagan 75 mln so‘m puli qisqa muddatda to‘liq qaytarib berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari