Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman hamda F.Ebert jamg‘armasining O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi vakolatxonasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
2023 yilning 7 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova F.Ebert jamg‘armasining O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi vakolatxonasining mintaqaviy direktori Filipp Yan bilan uchrashdi.

Suhbat davomida Ombudsman institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik haqida maʼlumot berildi.

Muloqot davomida F.Ebert jamg‘armasining O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi vakolatxonasining mintaqaviy direktori Filipp Yan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Berlinga tashrifidan so‘ng, Germaniya hukumatining Markaziy Osiyo mintaqasiga, xususan, O‘zbekistonga qiziqishi oshganini va ko‘plab sohalarda hamkorlik aloqalari mustahkamlashga sharoit yaratilganini bildirdi.

Shuningdek, F.Ebert jamg‘armasining O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi vakolatxonasi Ombudsman instituti bilan inson huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

O‘zaro do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan fikr almashishdi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati