Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanga qanday masalalarda murojaat qilishdi?
2023 yilning 31 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ombudsman qabuliga 8 nafar fuqaro kelib o‘z murojaatlarini qoldirdi. Fuqarolar o‘rtasidagi nizoli holatlar va sud vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha shikoyat qilib kelgan murojaatchilarga huquqiy maslahat berildi.

Ishga tiklash, ish haqini undirish, moddiy yordam olish hamda pensiyaga oid murojaatlar nazoratga olinib, ularning ayrimlari joyiga chiqib o‘rganish uchun mintaqaviy vakillarga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, Ombudsmanga ombudsman.uz sayti orqali elektron ravishda murojaat yuborishingiz mumkin. Mazkur elektron qabulxona xizmati joriy yilning fevral oyidan boshlab test rejimida ishlamoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari