Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Komissiya yig‘ilishida Ombudsmanning 2021 yil 1-yarim yillikdagi faoliyati tahlil qilindi
Joriy yilning 27 iyul kuni Ombudsmanning 2021 yildagi asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi buyicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ombudsman huzuridagi komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (ombudsman) 2021 yil 1-yarim yillikdagi faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Ombudsman oldida turgan vazifalar, faoliyatdagi rejalar va boshqa qator masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari buyicha vakili hamda Ombudsman huzuridagi komissiya raisi Feruza Eshmatovaning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning birinchi yarim yilligida Vakil nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 9 632 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning sal kam 40 foizi yaʼni 4083 tasi shaxsiy huquq va erkinliklarni amalga oshirish masalasiga taʼluqli. Ombudsman ish yurituviga olingan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi natijasida 13 ta jinoiy, 4 ta maʼmuriy va 8 ta intizomiy ish qo‘zg‘atildi, masʼul mansabdor shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun 23 ta tekshiruv o‘tkazildi, 16 nafar davlat idoralari xodimlari turli darajadagi javobgarliklarga tortildi, sud qarorlariga nisbatan prokuratura organlari orqali 2 ta protest kiritildi hamda murojaat qiluvchilar manfaatlarini ko‘zlab jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi 26 ta qaror bekor qilindi.

Fuqarolarning iqtisodiy huquq va erkinliklarini taʼminlash bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijasida sudlarga deyarli 98 mln so‘m mehnat haqini undirishga qaratilgan 5 ta daʼvo arizasi kiritildi, 24 nafar fuqaroga 345,8 mln. so‘mlik mehnat haqi to‘lanishi taʼminlandi, 10 nafardan ortiq fuqarolar ishga tiklandi, 2 nafar fuqaro ish joyida mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun 4,4 mln. so‘mlik sog‘ligiga yetkazilgan zarar undirildi, shuningdek fuqarolarga 108 mln. so‘mlik kreditlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashildi, murojat etuvchilar foydasiga sud qarorlarida belgilangan 164,8 mln. so‘mlik zarar undirildi, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan 9 ta fuqaroga uy-joy ajratilishida yordam berildi, tadbirkorlarga 135,0 mln. so‘mlik ortiqcha to‘langan soliq to‘lovlarini qaytarib berishda ko‘mak ko‘rsatgan.

Shuningdek, Vakil jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashda Ombudsman tomonidan yuborilgan so‘rovlarga belgilangan muddatlarda javob qaytarmay, murojaatlar bilan ishlash talablarini buzgan tegishli davlat idoralari Vakil  taqdimnomalari kiritilgani va o‘z faoliyatida masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan 77 nafar xodimga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi, 6 nafar xodimga nisbatan “Jarima” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan va 5 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilinganini qayd etdi.

Tadbirda shuningdek, Ombudsmanning qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida amalga oshirilgan ishlar, qonunchilikni takomillashtirish, parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Ombudsman faoliyatini ochiq va shaffof tarzda tashkil etish hamda boshqa yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar haqida ham maʼlumot berildi.

Yig‘ilish davomida majlis kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar yuzasidan aniq takliflar bildirildi va komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

 

Oliy Majlisining Inson huquqlari

bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati