TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman aralashuvi bilan nochor oila farzandiga shoshilinch operatsiya uchun order berildi
 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsan)ga xonadonidan yong‘in chiqib, uyi kulga aylangan samarqandlik fuqarodan murojaat kelib tushdi.

Urgutlik fuqaroning so‘zlariga qaraganda, barcha oila aʼzolari uyda bo‘lmagan paytda isitish asboblaridan o‘t chiqib, uning barcha mol-mulki yonib ketgan. Boshpanasiz qolgan oilaning uyi Samarqand viloyati hokimligi tomonidan olib berilgan qurilish mollari va mahalla faollarining yordami bilan qurib berilgan. Lekin, murojaatchi pandemiya davrida ishsiz bo‘lgani sabab, ularning moddiy ahvoli yana-da yomonlashgan.

Oradan biroz vaqt o‘tib esa murojaatchining 2 nafar voyaga yetmagan farzandlaridan biri jarrohlik amaliyotiga muhtoj ekanligi maʼlum bo‘lgan. Shundan so‘ng fuqaro, tibbiy yo‘llanma (order) olish orqali farzandini davolatishi mumkinligini anglagan holda Ombudsmanga murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsam) nazoratiga olingach, 2015 yil 2 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Bolalarga ambulator-poliklinika muassasalarida tibbiy xizmat ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, bola chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng Respublika Ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga davolanishi uchun yo‘llanma (order) olinishida amaliy yordam berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati