TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman O‘zbekistonning Rossiyadagi elchihonasida mehnat muhojirlarining murojaatlarini tingladi
Joriy yilning 19 may kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori Akmal Saidovlar tomonidan Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif doirasida  mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida o‘zga davlatga pul topish istagida borib, qator qiyinchiliklarga duch kelgan 20 nafarga yaqin hamyurtlarimiz va ularning oila aʼzolarini qiynayotgan masalalar o‘rganildi.

Shu kunning o‘zida «G‘alaba bog‘i: jasorat va matonat falsafasi» nomli kitob taqdimoti va O.Y.Kutafina nomidagi Moskva davlat yuridik universiteti rektorati bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati