TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi
Bugun Bola huquqlari bo'yicha vakil Aliya Yunusova boshchiligidagi ishchi guruh hududlarda bola huquqlarining taʼminlanishi holatini o‘rganish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. 28-30 aprel kunlari Viloyatdagi 20 ga yaqin obyektlar o‘rganiladi.

Bola huquqlari bo'yicha vakilning 2021 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq o‘tkazilayotgan ushbu monitoring tadbirlari davomida Samarqand viloyatidagi IIB HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi, Asab-ruhiy kasalliklari dispanseri, “Mehribonlik uyi”, “Go‘daklar uyi”, “Muruvvat” uyi, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va boshqa obyektlar o‘rganilishi rejalashtirilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati