TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili ishsiz va nohaq jarimaga tortilgan fuqarolar murojaatlarini hal etdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymova hududlarda  fuqarolarni ish bilan taʼminlashga oid qator murojaatlarni ijobiy hal etdi. Jumladan, Ombudsman vakili Nukus shahridagi og‘ir turmush sharoitida yashayotgani fuqarolarni Respublika Endokrinologiya dispanseri va Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga joylashtirishda yordam berdi.

Shuningdek, Zuxra Reymovaga Chimboy tumani sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida laborant sifatida ishlab fuqaro unga bo‘lim boshlig‘i tomonidan qo‘llanilgan oylik ish xaqining 30 foizi miqdoridagi jarima intizomiy jazosidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Ushbu murojaat Mintaqaviy vakil tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish davomida murojaatchiga nojo‘ya xatti-harakati uchun mehnat qonunchiligiga ko‘ra avval tushuntirish xati, ogoxlantirish yoki xayfsan berilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 30 foizlik jarima jazosi qo‘llanilgani aniqlandi. Zuxra Reymovaning aralashuvi bilan xodimga g‘ayriqonuniy tarzda qo‘llanilgan jarima intizomiy jazosi bekor qilinib, ushlab qolingan summa fuqaroga qaytarildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati