TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
OMBUDSMAN MUROJAATCHINING 17 YILLIK MUAMMOSINI HAL ETISHGA ERISHDI
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi fuqarodan uy-joyga egalik huquqini olish bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.

Murojaatchining yozishicha, unga 2003 yilda uy-joy qurish учун yer maydoni ajratilgan bo‘lsada, u yerga qurilgan uy-joylarga tuman arxitektura, kadastr va hokimlik tomonidan sansolarlik qilinib 17 yildan beri egalik huquqi berilmasdan kelingan.

Ombudsman nazoratiga olingan mazkur ish bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, tuman hokimiga murojaat qilindi. Natijada 2021 yilning fevral kuni mazkur turar-joy binosi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini berish va turar joy binosiga nisbatan mulk huquqni eʼtirof qilish bo‘yicha tuman hokimining qarori qabul qilingan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati