Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qiynoq va shafqatsiz munosabatning oldini olish: xalqaro va yevropa standartlari hamda ilg‘or tajriba
2023 yilning 20 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Qozog‘iston Respublikasining Almata shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. “Qiynoq va shafqatsiz munosabatning oldini olish: xalqaro va yevropa standartlari hamda ilg‘or tajriba” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro tadbir yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qozog‘iston Ombudsmani instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Xalqaro tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Avstriya, Moldova, Tojikiston, Polsha, Qirg‘iz Respublikalarining Ombudsmanlari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazlar, sud, prokuratura va fuqarolik institutlari vakillari hamda qator nufuzli xalqaro tashkilot ekspertlari ishtirok etishdi.

Konferensiyani tashkil etishdan asosiy maqsad - zo‘ravonlik va qiynoq holatlarini aniqlash va ularni oldini olish bo‘yicha davlatlarda joriy etilgan Milliy preventiv mexanizmlar faoliyatini o‘rganish, ushbu muammoni hal qilishda turli davlat organlari, jumladan prokurorlar yoki tergov organlari, sudyalar va milliy inson huquqlarini himoya qilish institutlarining rolini tahlil qilishdan iborat.

Tadbirda qayd etilishicha, zo‘ravonlik va qiynoq holatlarini taqiqlash - inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha xalqaro hujjatlar va dunyodagi barcha davlatlar milliy qonunchiligi asosini tashkil etadi. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari Konstitutsiyalarida ham qiynoq va shafqatsiz munosabat, zo‘ravonlik har qanday sharoitda va istisnosiz qatʼiy taqiqlangan.

Xalqaro Konferensiyada so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasidagi tajribasiga to‘xtalib o‘tdi.  Shuningdek, 2019 yildan Ombudsman huzurida tashkil etilgan qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Xalqaro konferensiyada qiynoq holatlarini oldini olish bo‘yicha  ko‘plab davlatlarning ilg‘or tajribalari tinglandi va xalqaro standartlar bo‘yicha fikr almashildi. Erkin muloqot ruhida o‘tgan tadbir muhokama va munozaralarga boy bo‘ldi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari