Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarining oldini olish bo'limi boshlig'i
Xayitov Temurbek Raxmatalievich
Telefon :
71-239-81-57
Qabul:
Seshanba 10.00- 12.00

Xayitov Temurbek Raxmataliyevich 1987 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2010-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilgan.

2020 yildan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatining Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarining oldini olish sektori mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Inson huquqlarini taʼminlash boʼyicha monitoring va huquqiy tahlil sektori mudiri
Аydarov Gabit Temurovich
Telefon :
71-239-82-07
Qabul:
Juma 10.00 - 12.00

Aydarov Gabit Temurovich 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan. 1993-2009 Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan. 2010-2013 yillarda “REVERA-K” advokatlik firmasi, “YUVENAL VERISTAL ADVOKATLARI”  va  “Xalqaro-huquqiy ishlar bo‘yicha” advokatlar hayʼati advokati, 2013-2019 yillarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining katta referenti sifatida ishlagan.

2019 yildan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha monitoring va huquqiy tahlil sektori mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sektori mudiri
Islamov Jasur Yakubovich
Telefon :
71-239-86-33
Qabul:
Payshanba 10.00 -12.00

Islamov Jasur Yakubovich 1984 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2008 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. 2008-2009 yillarda Toshkent avtomobil yo‘llari instituti rektor kotibi, 2009-2012 yillarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining 1-toifali ish yurituvchi-kotibi, 2012-2019 yillarda Ombudsman Kotibiyatining katta referenti, 2019-2021 yillarda Kotibiyatining Murojatlar bilan ishlash sektori mudiri sifatida faoliyat yuritgan.

2021 yildan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatining Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sektori mudiri lavozimida ishlamoqda.

lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Murojaatlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i
Eshonkulov Bunyodjon Maxamadalievich
Telefon :
239-80-71
Qabul:
Dushanba, 10:00-12:00

Eshonqulov Bunyodjon Maxamadaliyevich 1982 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2003-2006 yillarda Toshkent shahar “Nur Ziyo plyus” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yuristi, 2006-2007 yillarda Respublika yuristlar malakasini oshirish markazining o‘quv-uslubiyot bo‘limi metodisti, 2007-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2015-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining aʼzosi va 2020 yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy targ‘ibot sektori mudiri sifatida ishlagan.

2020 yildan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatining murojaatlar bilan ishlash sektori mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Bola huquqlarini taʼminlash sektori mudiri
Raxmatov Sattor Neʼmatovich
Telefon :
71 239-87-98
Qabul:
Dushanba-Juma 10:00-12:00
lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy targʼibot sektori mudiri
Xamdamov Saloxiddin Djurabayevich
Telefon :
71 239-82-07
Qabul:
Payshanba, 10:00-12:00

Hamdamov Saloxiddin Djurabayevich 1962 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1983 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi. 1984-1985 yillarda Samarqand viloyati ijroiya qo‘mitasi qishloq xo‘jaligi boshqarmasining maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ovqatlanish va sport bo‘limining sport bo‘yicha mutaxassisi, 1985-1986 yillarda Samarqand viloyati ijroiya qo‘mitasi qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bo‘limining katta iqtisodchisi, 1986-1988 yillarda Samarqand viloyati agrar-sanoat qo‘mitasi  bo‘lim mutaxassisi, 1988-1996 yillarda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti agro-sanoat kompleksi iqtisodiyoti va uni boshqarish kafedrasi assistenti, 1996-1997 yillarda “Oq shalola” moliya-sanoat kompaniyasining guruh rahbari, bosh menejeri, 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida bo‘lim bosh ilmiy xodimi, 1997-1998 yillarda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tarmoqlararo balans bo‘limi bosh mutaxassisi, boshliq o‘rinbosari, 1998-2002 yillarda “O‘zbekistonning iqtisodiy yo‘nalishlari” TASIS dasturi loyihasining menejeri, 2002-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati Qo‘mitalar bilan ishlash bo‘limining katta referenti, 2005-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devonida turli lavozimlarda va 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi sifatida ishlagan.

2021 yildan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Huquqiy madaniyatini oshirish va jamoatchilik bilan ishlash sektori mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Bosh hisobchisi
Saidova Gulchexra Ochilovna
Telefon :
71 239-84-22
Qabul:
--- ---
lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Kadrlar bo`yicha katta inspektor
Nasridinov Ilyas Fazmitdinovich
Telefon :
239-86-18
Qabul:
Payshanba, 15:00-17:00