2022 yil 15 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdilar.
Ombudsman nomiga 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 18 738 ta murojaat kelib tushdi.