Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
lead
Madrahimova Fotima Saydaliyevna
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha Vakil maslahatchisi
Biografiya
 
Fotima Madraximova 1989 yil 1 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Mening yurtim” telekanalida boshlagan. 2015-2018 yillarda “Parlament soati” dasturi muxbiri va muharriri, 2018-2019 yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi siyosiy sharhlovchisi hamda 2019-2020 yillarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Lavozimga tayinlov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-sonli qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida rahbarning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanib, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra, rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
 
Matbuot kotibining vazifalari:
  • Ombudsman instituti faoliyati haqida OАV, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʼli bilan aholiga muntazam, toʼliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
  • mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish boʼyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Ombudsman institutining ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʼrganish;
  • axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʼlga qoʼyish;
  • OАV bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
  •  muntazam ravishda OАVda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
  • axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʼida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish boʼyicha ishlarni tashkil qilish;
  • davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
  • Vakilning faoliyati toʼgʼrisida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini oʼrganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular toʼgʼrisida davlat organlari va tashkilotlari rahbariyatiga axborot berib borish;
  • davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali Oʼzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning Oʼzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan taʼminlash;
  • davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda oʼz rasmiy veb-saytida joylashtirish;
  • davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.