Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mustaqil komissiya sud raisidan 39 nafar ayblanuvchiga insonparvarlik tamoyillari asosida jazo tayinlanishini so‘radi
Xabaringiz bor, joriy yilning 6 fevral kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlangan edi.

Ushbu sud jarayonlari Komissiya aʼzolari  tomonidan to‘liq kuzatib borildi.

Bugun  Buxoro sudida 39 nafar ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittiriladi. Shu munosabat bilan Komissiya aʼzolari F.Eshmatova boshchiligida Buxoro viloyatiga tashrif buyurishdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari sud raisidan ayblanuvchilarga jazo tayinlashda insonparvarlik tamoyillari   asosida, ularning sodir etgan qilmishlaridan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargani, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi, oilaviy sharoiti va ijtimoiy holatini eʼtiborga olib adolat mezonlariga muvofiq jazo tayinlanishini  so‘radi.

Mustaqil komissiya  so‘ngi yillarda sud tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarga tayangan holda ayblanuvchilarga nisbatan  adolatli va odil qaror qabul qilinishiga ishonadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari