Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijon, Buxoro va Sirdaryodagi tergov hibsxonalariga monitoring tashrifi amalga oshirildi
12 Yan
2024 yilning 10 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidova 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
“Huquqlarimni kim taʼminlaydi?” Maktablarda Ombudsman soatlari o‘tkazilmoqda
12 Yan
Inson huquqlari sohasidagi taʼlim har bir shaxsga o‘z huquqlarini talab qilish barobarida o‘zgalar huquqlarini ham poymol etmasliklari uchun zamin yaratadi. Ushbu ko‘nikmani maktablardan boshlab inson huquqlari sohasida ishlovchi amaliyotchi mutaxassislar orqali shakllantirish esa mavzuni yana-da qiziqarli ochib berilishiga xizmat qiladi.
“Subsidiya olish bo‘yicha arizam tizimdagi xatolik sababli asossiz rad etildi” - fuqaro murojaati Ombudsman nazoratiga olindi
11 Yan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Samarqand viloyatidan fuqaro M.N. subsidiya asosida uy-joy olish uchun elektron platforma orqali yuborgan murojaati asossiz ravishda rad qilingani bo‘yicha shikoyat qildi.
2024 yilning Ombudsman boshchiligidagi ilk monitoringi Navoiyda o‘tkazildi   
10 Yan
2024 yil 5 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari aʼzolari Navoiy shahrida joylashgan 11-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirishdi.
Ombudsmanga homiladorlik va tug‘ish taʼtili pullari to‘lab berilmayotgani bo‘yicha murojaat keldi
09 Yan
 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro M.N. homiladorlik va tug‘ish taʼtili pullari to‘lab berilmayotgani bo‘yicha shikoyat qildi.
Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili maxsus koloniyadagi mahkumlar bilan uchrashdi
08 Yan
Ombudsman boshchiligida harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshiriladigan monitoring tashriflarida Buxoro viloyatida joylashgan 20-sonli Maxsus davolash jazoni ijro etish koloniyasi ham qamrab olinadi. “Ombudsman quti”laridagi murojaatlar muntazam o‘rganilib, yakka tartibda uchrashishni so‘ragan mahkumlar qabul qilinadi.
Ishdan noqonuniy bo‘shatilgan xodim, o‘z vazifasiga tiklandi va javobgardan salkam 20 mln so‘m undirilishi belgilandi - Ombudsman
06 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Farg‘ona viloyatidan fuqaro V.A. ishdan noqonuniy ravishda bo‘shatilganligi bo‘yicha murojaat qilib, uning mehnat huquqlarini tiklashda yordam so‘radi.
FUQAROLAR MUROJAATLARIGA YASHIRINGAN HAQIQATLAR
05 Yan
«O‘zbekiston 24» telekanalida Ombudsmanning inson huquqlarini taʼminlash borasidagi faoliyati haqida lavha efirga uzatildi.
Qoraqalpog‘istondagi narkologik bemorlarga yaratilgan sharoitlar amalda yaxshilanmadi – Ombudsman
04 Yan
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga, jumladan  majburiy davolash tibbiyot muassasalari, «Saxovat» va “Muruvvat” uylariga ham muntazam ravishda monitoring tashriflari amalga oshiriladi. Ushbu tashriflar jarayonida aniqlangan kamchiliklar Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra muassasalar rahbariyati tomonidan darhol bartaraf etiladi. Baʼzi hollarda esa tegishli davlat tashkilotlariga Ombudsman tomonidan taqdimnomalar kiritilib, kamchiliklarni tuzatish yuzasidan choralar ko‘rilganligi haqida tushuntirish xatlari olinadi. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu xatlarda keltirilgan vajlar, albatta, joyiga chiqib qayta o‘rganiladi.