Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili maxsus koloniyadagi mahkumlar bilan uchrashdi
Ombudsman boshchiligida harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshiriladigan monitoring tashriflarida Buxoro viloyatida joylashgan 20-sonli Maxsus davolash jazoni ijro etish koloniyasi ham qamrab olinadi. “Ombudsman quti”laridagi murojaatlar muntazam o‘rganilib, yakka tartibda uchrashishni so‘ragan mahkumlar qabul qilinadi.

2023 yilning 4 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynovaning ushbu muassasaga navbatdagi monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Mintaqaviy vakil dastlab tibbiyot bo‘limiga kirib, mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiyot xodimlarining xizmat xonalari, bemor mahkumlar saqlanadigan palatalar hamda ruhiy tinchlantirish xonasi bilan tanishdi. So‘ng Mintaqaviy vakil koloniyada mahkumlar uchun mo‘ljallangan oshxona va mahkumlarga ovqat tayyorlash jarayoni bilan tanishdi. Taomnoma bilan tanishilib, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash joylari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga koloniya maʼmuriyati tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish joylari, jazo muddatini o‘tashi davomida yaqin qarindoshlarining kelishi, telefon orqali so‘zlashuvi, xat va yozishmalari, mahkumlar kutubxonasidan foydalanishi va barcha yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Mintaqaviy vakil tomonidan koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan xo‘jalik ishlariga jalb etilgan 4-turkum mahkumlari bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. Ularning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi. Ombudsman qutilari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qabul davomida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum X.M bilan yakka tartibda individual suhbat o‘tkazildi.

 Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari