Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ishdan noqonuniy bo‘shatilgan xodim, o‘z vazifasiga tiklandi va javobgardan salkam 20 mln so‘m undirilishi belgilandi - Ombudsman
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Farg‘ona viloyatidan fuqaro V.A. ishdan noqonuniy ravishda bo‘shatilganligi bo‘yicha murojaat qilib, uning mehnat huquqlarini tiklashda yordam so‘radi.

Murojaatchining yozishicha, u “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJda yetakchi mutaxassis lavozimida ishlab kelgan. Fuqaro V.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2023 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasiga asosan bekor qilingan. Unga asos qilib jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasining tegishli yig‘ilish bayoni ko‘rsatilgan.

Shuningdek, fuqaro V.A. 1995 yildan buyon ushbu jamiyatda ishlagani va  avval biror marta intizomiy javobgarlikka tortilmagani hamda boquvchisi yo‘q yolg‘iz ona ekanini qayd etgan.

Murojaat Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi bilan birgalikda o‘rganildi.

Ishga taalluqli hujjatlarni o‘rganish jarayonida xodim 2023 yilning iyul oyida navbatdagi mehnat taʼtiliga chiqqani, unga qachon ishga qaytishi kerakligi maʼlum qilinmagani, taʼtil vaqtida sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli 2 marotaba mehnatga layoqatsizlik varaqalari ochilgani, xodim ishga qaytganida 2 kun sababsiz ishda bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganligi aniqlandi.

Hujjatlar o‘rganilib, ish beruvchi tomonidan mehnat qonunchiligi buzilganligi holatlari aniqlandi va sudga ishga tiklash haqida daʼvo ariza kiritildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan ish beruvchining buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topildi va bekor qilindi. Murojaatchi V.A. o‘z lavozimiga tiklanib, majburiy progul kunlari va yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun 19 million 680 ming so‘m undirilishi belgilandi.

Hozirda murojaatchi avvalgi lavozimida o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda.

  Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari