Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yalpi majlis oldidan qonunlar dastlabki tarzda muhokama etildi
2023-yilning 4-aprel kuni Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita aʼzolari, ekspertlar, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi doirasida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan 10 ga yaqin qonunlar hamda bir qator masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti dastlabki tarzda eshitildi.

Senatorlar tomonidan taʼlim va sog‘liqni saqlash sohasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, shuningdek, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslariga Ombudsman nomidan ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ariza va daʼvo arizalari, taqdimnomalar hamda tavsiyaviy xususiyatga ega xulosalarning ijrosi qay darajada ekanligi muhokama qilindi.

Vazirlik va idoralar vakillari fuqarolar va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda tegishli xodimlarning masʼuliyatini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Majlis yakuni bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli  qarori qabul qilindi.

Senat.uz