TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Samarqanddagi vakili murojaatchining “propiska” muammosini hal etdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili v.b. Ilhomjon To‘xtasinov Samarqand shahrida yashovchi fuqarolar tomonidan yashab turgan manziliga ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha muammolarga duch kelayotgani haqida murojaat kelib tushdi.

Murojaat mualliflarining qayd etishicha, uy-joy ularning marhum bobosiga tegishli ekani sababli ushbu oilaning tegishli davlat idoralariga murojaati hal etilmay kelgan.

Mintaqaviy vakil Ilhomjon To‘xtasinov murojaatni o‘z nazoratiga olgach, Samarqand viloyati IIB tomonidan murojaatchilar ko‘rsatilgan manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yildi.

Maʼlumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili v.b. Ilhomjon To‘xtasinov har haftaning Seshanba kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha fuqarolar murojaatlarini qabul qilmoqda. Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shaxri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 93 uy.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati