Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman va Niderlandiya elchilari inson huquqlari sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
14 Apr
2025-yilning 14-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Niderlandiya Qirolligining Inson huquqlari bo‘yicha elchisi Vim Geyerts va Niderlandiya Qirolligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Niko Sxermers bilan uchrashdi.
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng Qoraqalpog‘iston hushyorxonalardagi sharoitlar yaxshilandi
14 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Sog‘liqni saqlash vazirligining tuman va shaharlar tibbiyot birlashmalari tarkibida tashkil etilgan qator mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlaridagi sharoitlarni o‘rgandi.
Ombudsman tomonidan Markaziy tergov hibsxonasiga navbatdagi monitoring tashrifi amalga oshirildi
12 Apr
Joriy yilning 12 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Devoni xodimlari hamda Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli Markaziy tergov hibsxonasiga navbatdagi monitoring tashrifi amalga oshirildi.
21 oylik ish haqi to‘lanmadi: Ombudsman aralashuvidan so‘ng fuqaro foydasiga 93 mln so‘m undirildi
11 Apr
Toshkent viloyatidagi “Ohangaronshifer” AJda 2002-yildan buyon betonchi bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaro I.P. 2023-yil martdan 2024-yil dekabrigacha — 21 oy davomida ish haqini ololmagan.
Nukusdagi 2-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
10 Apr
Joriy yilning 10-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi  mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Nukus shahrida joylashgan 2-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar uchun chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Penitensiar muassasalardagi hayot: Ombudsman monitoring tashriflari respublika bo‘ylab davom etmoqda
10 Apr
O‘tgan haftada Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari Ombudsman huzuridagi qiynoqqa solish hollarining oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari bilan Surxondaryo, Andijon, Navoiy viloyatlari va Toshkent viloyatida joylashgan bir qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirishdi.
Mahkumni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish masalalari Ombudsman mintaqaviy vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda
09 Apr
Xabaringiz bor, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlash yuzasidan tegishli komissiyalar faoliyat yuritmoqda.
Xotin-qizlar huquqi va imkoniyatlarini kengaytirishga oid zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi
07 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga kelib tushayotgan murojaatlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan xabarlar tahlili ko‘rsatmoqdaki, ayollar huquqlarini mustahkamlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi islohotlar izchil davom etishi dolzarb ahamiyatga ega.
Ombudsman ogohlantirishiga muvofiq, ishchilarning 830 mln so‘m ish haqlari to‘liq undirildi
07 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga bir guruh fuqarolar tomonidan ularning ish haqlari asossiz to‘lanmayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.