Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Dam olish kuni shifokor va xodimlarni noqonuniy ishga jalb qilgan dispanser rahbariga chora ko‘rildi – Ombudsman
22 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Qo‘qon shahrida joylashgan Farg‘ona viloyati teri-tanosil 2-sonli dispanseri shifokorlari tomonidan jamoaviy murojaat kelib tushdi. Murojaatda xodimlar ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida hujjatlashtirilmasdan va haq to‘lanmasdan ishga, navbatchilikka jalb qilinayotganini, shuningdek xizmat safari xarajatlari o‘z vaqtida qoplanmayotganini bildirishdi.
Ombudsman BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori bilan uchrashdi
21 Apr
2025-yil 21-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Maxl xonim bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari hamkorligi mustahkamlanmoqda
18 Apr
2025 yil 17 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova bilan uchrashdi.
Ombudsman Moskvadagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lib, yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi
17 Apr
2025-yil 17-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova xizmat safari doirasida Moskva shahrining Saxarovo hududida joylashgan xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi. Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakolatxonasi xodimi hamda Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devonining Fuqarolik, migratsiya va xorijiy fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Viktoriya Saltanova hamrohlik qildi. 
Ombudsman MDH Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etdi
17 Apr
Joriy yilning 16 aprel kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasining navbatdagi (to‘rtinchi) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jizzaxda ish haqi va taʼtil kompensatsiyalari undirildi: 6 nafar fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi
16 Apr
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasining “Reanimatsiya” bo‘limida faoliyat yuritgan 4 nafar tibbiyot xodimining ish o‘rni attestatsiyadan o‘tkazilganda zararli ish o‘rni deb topilgan va ularga haq to‘lanadigan qo‘shimcha mehnat taʼtili berilishi nazarda tutilgan.
Toshkentdagi Majburiy davolash narkologiya shifoxonasida antisanitariya holatlari aniqlandi
15 Apr
Joriy yilning 15-aprel kuni Ombudsman o‘rinbosari va mintaqaviy vakil tomonidan Toshkent shahar Majburiy davolash narkologiya shifoxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Ombudsman Rossiyadagi hamyurtlarimiz bilan uchrashdi
15 Apr
2025-yil 15-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga bordi. Tashrifning dastlabki kunida Ombudsman ushbu mamlakatda vaqtincha yashab, ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashdi.
Ombudsman monitoringi: 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
14 Apr
Bugun, 2025-yilning 14-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Ushbu kasalxonada o‘tgan yilning iyul oyida Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, 50 o‘rinli ayollar bo‘linmasining ochilgan edi. Tashrif davomida ushbu bo‘linmaga zamonaviy med texnikalar olib kelingani va mahkumalarga barcha tibbiy sharoitlar yaratilganiga guvoh bo‘lindi.