Joriy yilning 23-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili O.Ollayorov Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati mintaqaviy filialiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili ham ishtirok etdi.