Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
“Subsidiya olish bo‘yicha arizam tizimdagi xatolik sababli asossiz rad etildi” - fuqaro murojaati Ombudsman nazoratiga olindi
11 Yan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Samarqand viloyatidan fuqaro M.N. subsidiya asosida uy-joy olish uchun elektron platforma orqali yuborgan murojaati asossiz ravishda rad qilingani bo‘yicha shikoyat qildi.
Ombudsmanga homiladorlik va tug‘ish taʼtili pullari to‘lab berilmayotgani bo‘yicha murojaat keldi
09 Yan
 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro M.N. homiladorlik va tug‘ish taʼtili pullari to‘lab berilmayotgani bo‘yicha shikoyat qildi.
Ishdan noqonuniy bo‘shatilgan xodim, o‘z vazifasiga tiklandi va javobgardan salkam 20 mln so‘m undirilishi belgilandi - Ombudsman
06 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Farg‘ona viloyatidan fuqaro V.A. ishdan noqonuniy ravishda bo‘shatilganligi bo‘yicha murojaat qilib, uning mehnat huquqlarini tiklashda yordam so‘radi.
FUQAROLAR MUROJAATLARIGA YASHIRINGAN HAQIQATLAR
05 Yan
«O‘zbekiston 24» telekanalida Ombudsmanning inson huquqlarini taʼminlash borasidagi faoliyati haqida lavha efirga uzatildi.
Ombudsman 2023 yil hisobidan oxirgi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
29 Dek
2023 yilning 29 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ombudsman o‘rinbosari navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
15 Dek
2023 yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ombudsman fuqarolar qabulini o‘tkazdi
01 Dek
2023 yilning 1 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ombudsmanning Andijondagi mintaqaviy vakili nogironligi bo‘lgan shaxslar murojaatlarini o‘rgandi
30 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Asaka tumanida yashovchi ayol murojaat qilib, nogironligi bo‘lgan farzandlariga nogironlikni belgilash masalasida yordam berishni so‘radi. Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, uning qizi bir necha yillardan beri 2-guruh nogironi bo‘lishiga qaramay, u doimiy nogironlikka o‘tkazilmagan. Qolaversa, 3-guruh nogironi bo‘lgan o‘g‘lini ham qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ham murojaat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga 2023 yilning 10 oyligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar va ularni ko‘rib chiqish natijalariga bag‘ishlangan  BRIFING
27 Noy
2023 yilning 10 oy davomida Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 10,5 mingga yaqin murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 12 tasi belgilangan tartibda anonim deb topilgan.
Uy-joyga to‘lov qilib, ham uysiz ham pulsiz qolgan fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
23 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro R.P.  uy-joy sotib olish bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmagani bo‘yicha murojaat qildi.
Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
20 Noy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan 2023 yilning 10 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan BRIFING
15 Noy
2023 yilning 10 oyida Ombudsman va Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 452 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. 2022-yilning 10  oyida ushbu ko‘rsatkich 297 tani tashkil etgan edi.