Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
2023 yil 1-yarim yilligida Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 348 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. 2022-yilning 1-yarim yilligida bu ko‘rsatkich 156 marotabani tashkil etgan.
2023-yilning 11-may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va xodimlarining Andijon viloyatiga qilgan tashrifi doirasida 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Unda OAV ham bevosita ishtirok etib, muassasadagi sharoitlar bilan tanishishdi.
2023 yilning 27 mart kuni Ombudsman hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari aʼzolari tomonidan Toshkent viloyatidagi 7-son jazoni ijro etish muassasasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Unda mahalliy va xalqaro OAV ham bevosita ishtirok etib, muassasadagi sharoitlar bilan tanishishdi.
Joriy yilning 23-dekabr kuni Komissiya aʼzolari F.Eshmatova boshchiligida Buxoro viloyatidagi 4-son Tergov hibsxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida hibsxonadagi shart-sharoitlar, isitish tizimi va oziq-ovqat taʼminoti o‘rganildi.
2022 yilning 9 oyida Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 297 ta monitoring tashriflari amalga oshirildi. Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilning 9 oyida 120 ta, 2020 yilning 9 oyida 68 tani tashkil etgan edi.