Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Rossiyadagi migrantlar huquqlarini taʼminlash bo‘yicha Ombudsman murojaat yubordi
Bir qator ommaviy axborot vositalarida “Rossiyada politsiya migrantlarni o‘rdaksimon yurishga majburladi” sarlavhasi ostida xabarlar eʼlon qilindi. "Русская Община Екатеринбург" telegram kanalida huquq-tartibot idoralari xodimlari Rossiya migratsiya qonunchiligiga amal qilinishi bo‘yicha reyd o‘tkazganini maʼlum qilgan.

Qayd etish lozimki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) 2023 yilda Rossiyaga tashrifi davomida o‘sha yerda yashaydigan yurtdoshlarimiz bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari va muammolarini o‘rgangan edi.

Hamyurtlarimiz fikrlari asosida O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari o‘rtasidagi hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, murojaatlarni birgalikda ko‘rib chiqish, jumladan Rossiya Federatsiyasi xududida mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz huquqlarini taʼminlash bo‘yicha ishlanadi.

Bundan avval ham Ombudsman F.Eshmatova murojaatiga asosan Krasnodarda migrantlarga nisbatan o‘tkazilgan reydlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borilib, maʼlumot taqdim etilgan. Rossiya Ombudsmani migrantlar huquqlarini taʼminlash bo‘yicha monitoringlar o‘tkazayotganini va holat nazoratga olinganini maʼlum qilgan edi.

Ombudsman yuqoridagi "Русская Община Екатеринбург" telegram kanalida eʼlon qilingan holat bo‘yicha ham Rossiya Federatsiyasi Ombudsmaniga murojaat qilib, Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining mehnat huquqlari taʼminlanishida ko'mak soradi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari