Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning inson huquqlarini taʼminlash borasidagi xalqaro hamkorligi mustahkamlanib bormoqda
2023 yilning 14 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Jenevaga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan brifing hamda "O‘zbekiston: Markaziy Osiyo marvaridi" nomli kitob taqdimotida ishtirok etdi.

Tadbirda Jeneva diplomatik korpusi, xalqaro va nodavlat tashkilotlar vakillari hamda Shveysariyadagi OAV uchun tashkil etilgan brifingda O‘zbekistonda insonning shaʼni, qadr-qimmati daxlsizligi va uning huquqlari va qonuniy manfaatlari konstitutsiyaviy maqomda mustahkamlangani taʼkidlandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ko‘plab sohalarda amalga oshirilgan islohotlar markazida insonning asosiy huquq va erkinliklarini taʼminlash masalasi turgani va ular o‘zining ijobiy natijasini bergani qayd etildi. Jumladan, gender tengligini taʼminlash, bolalar va majburiy mehnatni yo‘q qilish, fuqarolik jamiyati institutlari rolini oshirish hamda so‘z erkinligini taʼminlash shular jumlasidandir.

Jeneva diplomatik doirasi prezidenti R.Blumning "O‘zbekiston: Markaziy Osiyo marvaridi" kitobining taqdimotida muallif “O‘zbekiston-2030” strategiyasi mamlakatni yana-da adolatli, mustaqil, dunyoviy va farovon bo‘lishiga xizmat qiladi. Ushbu kitob fransuz tilida so‘zlashuvchi jamiyatga O‘zbekiston, uning boy madaniyati va ulkan salohiyati haqida ko‘proq maʼlumot olish imkonini beradi – dedi R.Blum.

Shu kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi kotibiyati rahbari X.Leoz Invernon bilan uchrashdi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor Ombudsmanning qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va oldini olish borasidagi faoliyatiga qaratildi. Taʼkidlanishicha, penitensiar muassasalarga amalga oshiriladigan monitoring tashriflariga doimiy ravishda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etib boriladi.

Shu kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi kotibiyati rahbari Ombudsman institutining O‘zbekistonda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni muhim ekanini taʼkidlab, Ombudsmanning qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha faoliyati, xususan, joriy yilda BMTning tegishli qo‘mitasiga Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi konvensiyaning bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston hukumati hisobotiga muqobil maʼruza kiritganini yuqori baholadi.

Suhbat yakunida BMT vakili Ombudsman instituti bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.