Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryoda o‘quvchilarning Konstitutsiyaga oid bilimlari oshirildi
2023 yilning 30 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 7-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida “Konstitutsiyam-g‘ururim” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati I.Qudratov hamda Guliston shahar adliya bo‘limi vakili S.Tog‘ayevlar o‘quvchilarni yangi tahrirdagi bosh qomusimizdan o‘rin olgan yangi normalar va ularning ahamiyati haqida xabardorligini oshirishdi.

Interaktiv usulda tashkil etilgan tadbirda o‘quvchilarning ham Konstitutsiyamizga oid bilimlari tekshirilib, faol ishtirok etganlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati