Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ham “Ombudsman klubi” tashkil etildi
2023 yilning 2 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi va ushbu memorandum doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qoshida “Ombudsman klubi” tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligi o‘rtasida o‘zaro aloqani taʼminlash, ularda amaliy ishda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ilmiy tadqiqotchilar va talabalarni O‘zbekiston va xorijiy davlatlar Ombudsmanlarining ilg‘or tajribalarini o‘rganishga keng jalb etish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, memorandum doirasida inson huquqlari sohasida talaba va ilmiy tadqiqotchilarning salohiyatini oshirish, hamkorlikning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma tadbirlar va mahorat darslarni tashkil etish va talabalarni amaliyot o‘tash uchun jalb qilish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Shu kunning o‘zida talabalarni Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Unda Ombudsman institutining vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlari, murojaatlar bilan ishlash, qiynoqlarga qarshi kurashish va qonunchilikni takomillashtirish borasidagi faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Tadbirda taʼkidlanishicha, “Ombudsman klubi” aʼzolari darsdan so‘ng Ombudsman instituti mutaxassislariga biriktirilgan holda murojaatlar bilan ishlash, qabullarda ishtirok etish, jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkaziladigan monitoring tashriflarini kuzatish kabi yo‘nalishlarda o‘z ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati