Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Qashqadaryo viloyati hududi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar T A H L I L I
2023 yilning 6 oyi davomida Qashqadaryo viloyatidan jami 1.299 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 366 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 337 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 144 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 161 ta, bola huquqlari bo‘yicha 15 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 11 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 183 ta, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 82 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning tumanlar kesimida kurib chiqadigan bo‘lsak, Koson tumanidan 399 ta, Qarshi shahardan 300 ta, Dehqonobod tumanidan 71 ta, G‘o‘zor tumanidan 69 ta, Shaxrisabz tumanidan 61 ta, Kasbi tumanidan 51 ta, Chiroqchi tumanidan 50 ta, Yakkabog‘ tumanidan 50 ta, Qarshi tumanidan 43 ta, Kitob shahardan 39 ta, Ko‘kdala tumanidan 37 ta, Qamashi tumanidan 37 ta, Muborak tumanidan 30 ta, Mirishkor tumanidan 28 ta, Nishon tumanidan 19 ta, Shaxrisabz shahardan 15 ta murojaatlarga to‘g‘ri keladi.

Qashqadaryo viloyati tuman(shahar)lari bo‘yicha eng ko‘p kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganida quyidagilar aniqlandi.  

Hisobot davrida Koson tumanidan jami 399 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 137 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 85 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 53 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 36 ta, bola huquqlari bo‘yicha 3 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 54 ta, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 28 ta murojaatlar kelib tushgan.

Hisobot davrida Qarshi shahardan jami 300 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 77 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 79 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 36 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 33 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 3 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 45 ta, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 19 ta murojaatlar kelib tushgan.

Hisobot davrida Dehqonobod tumanidan jami 71 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 12 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 21 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 8 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 12 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 1 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 11 ta, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 6 ta murojaatlar kelib tushgan.  

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati