Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka hududlarida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan «Ombudsman maktabi» loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka tumanlaridan biri bo‘lgan Bo‘zatov tumanida o‘tkazildi.

Tadbirda mahalla faollari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad davlatimizda ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar ayniqsa, aholi bandligini taʼminlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va bepul yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirishdan iborat.

Tadbir so‘ngida Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakilining sayyor qabul o‘tkazildi. 

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash maqsadida tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi Bunda fuqarolar o‘zlariga qulay ish o‘rinlari bilan tanishishdi. Mehnat yarmarkasida 12 nafar fuqaroga ishga joylashtirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yo‘llanmalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati