Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaatlar qilishdi?
2023 yilning 31 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolar tashrif buyurgan qabulda “Yoshlar daftari”ga kiritish, subsidiya olishda amaliy yordam berish, uy-joy uchun kompensatsiya to‘lovlarini undirish, mehnat munosabatlari hamda sud-tergov jarayonlariga oid masalalar ko‘tarildi. Bir qancha murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Qabul davomida olingan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularning baʼzilari joyiga chiqib o‘rganish uchun Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari