Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni sovrindorlari eʼlon qilindi
Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyati, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, inson huquqlari targ‘iboti, inson huquqlari sohasidagi taʼlim va ilmiy tadqiqotlari, ekologik huquqlarni himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh fuqarolar va tashkilotlar hamda xalqaro tashkilot vakillari «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Sovrindorlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov hamda Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Zebiniso Muhamedovalarning xizmatlari ham eʼtirof etildi.

Ombudsman jamoasi nomidan barcha“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni sovrindorlarini muborakbod etamiz

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati